Nyu-Yorkda Trampning qochqinlar haqidagi farmoniga qarshi norozilik aksiyalari o‘tdi
Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomidagi aeroporti binosi oldida 28 yanvarda o‘nlab odamlar AQSh prezidentining mamlakat hududiga bir qator muhojirlarning kirishini cheklovchi farmoni amal qilishni boshlagani munosabati bilan norozilik namoyishlari uyushtirdilar, deb xabar bermoqda Washington Post nashri.
27 yanvarda AQSh prezidenti Donald Tramp AQShga 120 kunga qochqinlarni qabul qilishni to‘xtatuvchi, Suriyadan kelgan qochqinlarni noma'lum muddatga joylashtirishni taqiqlovchi, AQShga kirishning ba'zi qoidalarini qat'iylashtiruvchi hamda bir nechta musulmon davlatlari fuqarolarining AQShga 90 kunga kirishini to‘xtatuvchi farmonni imzoladi. Farmonda ko‘rsatilishicha, gap Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali fuqarolarining AQShga kirishining vaqtinchalik taqiqlanishi haqida ketmoqda.
Nashrda chop etilgan suratlarda aeroportga kiraverishda muhojirlarni oilalari bilan himoya qilish talab qilingan plakatlar ushlagan odamlarni ko‘rish mumkin. Plakatlardan birida "Biz barchamiz muhojirmiz" degan yozuvni ko‘rish mumkin.
Farmon kuchga kirgandan keyin, aeroportga kelayotganlar ushlanayotgani haqida xabarlar tushishni boshlagan. Aeroport vakili ma'lumotlariga ko‘ra, 11 kishi ushlangan. Ular orasida 2 iroqlik bo‘lib, ular ushbu vaziyat yuzasidan AQSh hukumatiga qarshi Nyu-York sudiga da'vo arizasi berishgan.
Mavzuga oid
23:14 / 03.01.2025
Jo Baydenning rafiqasi Ukraina elchisidan 14 ming dollarlik to‘g‘nog‘ich olgani ma’lum bo‘ldi
21:45 / 03.01.2025
Apple suhbatlarni maxfiy tinglash bo‘yicha da’voni hal qilish uchun pul to‘laydi
18:32 / 03.01.2025
AQSh Xitoydan olib kelinadigan dronlarni butunlay taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
17:09 / 03.01.2025