Yer qa'rida ulkan «suv fabrikasi» aniqlandi
Irlandiya, Kanada va Xitoy geofiziklari Yer qa'ridagi suvlar kimyoviy reaksiya tufayli paydo bo‘lganini namoyish qilishdi. Suv avval o‘ylanganidek, asteroid yoki meteroit kabi osmon jismlari tomonidan olib kelinmagan. Ushbu tadqiqotga doir maqola Earth and Planetary Science Letters jurnalida chop etilgan.
Olimlar Yer qa'riga mos keladigan sun'iy sharoitni modellashtirishdi. Xususan, unda harorat Tselsiy bo‘yicha 1,4 ming darajaga, bosim esa Yer yuzidagidan 20 ming martaga ko‘proq bo‘lgan raqamga yetkazildi. Bunday sharoitda mantiya tarkibidagi kremniy ikki oksidi (SiO2) vodorod bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi va buning natijasida suv (H2O) va kremniy gidridi (SinH2n+2) hosil bo‘ladi.
Geofiziklarning aniqlik kiritishlaricha, bunday kimyoviy reaksiya Yer sathidan 40-400 km chuqurlikda ro‘y berishi mumkin. Bu esa, mineral tuproqlar chegarasida suv to‘planishiga hamda bosimni 200 ming atmosferagacha ko‘tarilishiga olib keladi. Suyuqlikning tuproqdan chiqishi, o‘z navbatida, chuqur zilzilalarga sabab bo‘ladi.
Olimlar kelgusida mazkur jarayon mantiyaning barcha qobig‘iga xosmi yoki ma'lum bir qismida paydo bo‘ladimi?, degan savolga javob topishni rejalashtirishgan.
Mavzuga oid
12:13 / 25.12.2024
“O‘zbekistondagi nosvoylardan 10 xil zaharli modda aniqladik” - Yaponiyadagi o‘zbek olimi yangi tadqiqoti haqida
11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024