08:24 / 31.01.2017
5721

OAV: Marokash Afrika ittifoqiga qaytdi

Foto: RIA

Afrika ittifoqi 30 yanvarda Marokashning bir qator mintaqaviy tashkilotlarga qaytish iltimosini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Marokash axborot agentligi.  

Afrika ittifoqi sammiti 30 yanvarda Efiopiya poytaxti Addis-Abebeda ochildi. "Qora qit'a" yetakchilari ishining asosiy masalalaridan biri o‘z qatorlariga Marokashning qaytishi muhokamasi bo‘ldi. Rabot bu ittifoqdan 1984 yilda tashkilot tomonidan Saxara arab demokratik respublikasi tan olingandan keyin chiqib ketgandi.

Mavzuga oid
Top