«Paxtakor» o‘z yetakchilaridan birini asosiy raqibiga berib yubordi
O‘tgan mavsumda «Paxtakor» safida yorqin o‘yinlar namoyish etib, jamoa yetakchisiga aylangan va terma jamoadan chaqiruv olgan yosh futbolchi Jaloliddin Masharipov yangi mavsumni Toshkentning boshqa jamoasida o‘tkazadi.
O‘tgan mavsum chempioni «Lokomotiv» ushbu futbolchini ijaraga olgan. Bunda chempion jamoaning Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etishi muhim rolni bajargan va yosh futbolchi endilikda xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.
«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi sanalgan Jaloliddin Masharipov «Lokomotiv»ga 6 oyga ijaraga berildi. Hozirgacha u jamoamiz uchun oliy ligada 64 uchrashuvda ishtirok etib, 10 gol muallifiga aylangandi. Shuningdek, «Paxtakor» uchun ichki kuboklarda 16 bahsda 1 to‘p kiritgan bo‘lsa, Chempionlar ligasida 12 bahsda 1 gol muallifi bo‘lgan», deyilgan jamoa rasmiy sayti xabarida.
Ma'lumot uchun, yarim himoyachi chizig‘i vakili bo‘lgan bu futbolchining «Paxtakor» bilan amalda bo‘lgan 2 yillik shartnomasi mavjud.
Mavzuga oid
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
12:25 / 09.10.2024
Masharipov: «Erondan kuchlimiz. Raqibning zaif tomonlari haqida esa gapirmayman, chunki bu yerda eronlik jurnalistlar ham o‘tiribdi»
22:55 / 11.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
19:04 / 01.08.2024