Jahon | 08:20 / 01.02.2017
4802
1 daqiqa o‘qiladi

IKEA suriyalik qochqinlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotmoqchi

Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi Iordaniya hududida yashovchi 200ga yaqin suriyalik qochqinni ish bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda. Ularga gilamlar va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ish taklif etilishi mumkin, deb xabar berdi CNN.

IKEA top-menejyerlaridan biri Yyesper Brodinning so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar tomonidan tayyorlanadigan mahsulotlar Iordaniya bilan savdo kelishuvlari imzolagan Yaqin Sharq mamlakatlarida sotiladi.

Shu bilan bir qatorda, kompaniya suriyalik qochqinlar uchun qulay ish soatlarini ishlab chiqmoqchi, sababi ular orasida ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Mavzuga oid