Jahon | 12:46 / 01.02.2017
5920
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel Tramp maslahatchisining yevro qiymatini atayin pasaytirgani haqidagi aybloviga javob qaytardi

Germaniya kansleri Angela Merkel seshanba kuni Oq uy savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisining Berlin “asl qiymatiga ega bo‘lmagan” yevrodan o‘z foydasiga foydalanayotgani haqidagi ayblovlarini rad etdi. Uning aytishicha, hukumati har doim Yevropa markaziy bankini mustaqillikka chaqirgan.

Tramp tomonidan savdo masalalari bo‘yicha kengashni boshqaruvchi etib tayinlangan Piter Navarro Financial Times nashriga yevro “yashirin nemis markasi” ekanini aytib, uning past qiymati Germaniyaga AQSh va YeI bo‘yicha sheriklariga nisbatan yaxshiroq pozitsiyani taqdim etishini ma'lum qilgan.

"Germaniya – bu Yevropa markaziy bankini har doim mustaqil siyosat yuritishga chaqirgan davlat. Bundesbank esa bu ishni yevro paydo bo‘lgunga qadar bajargan", - dedi Merkel Shvetsiya bosh vaziri Stefan Leven bilan birgalikdagi matbuot anjumanida.

"Aynan shuning uchun biz YeMB harakatlariga ta'sir ko‘rsatmayapmiz. Men vaziyatni o‘zgartira olmayman, va bunga xohishim ham yo‘q", - dedi kansler.

Tramp va uning yuqori lavozimli iqtisodiy maslahatchisi shuningdek Yaponiya va Xitoyni ham tanqid qilishdi. Ular valyutalar qiymatini Amerika kompaniya hamda iste'molchilariga zarar keltirib chiqargan holda pasaytirishda ayblandi.

Mavzuga oid