Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Germaniyaning migrantlar integratsiyasidagi muvaffaqiyatiga ishonyapti
10 yil ichida Germaniya muhojirlarni integratsiya qilish masalasida ko‘p narsaga erishdi, dedi sobiq kansler. 2015 yilda Angela Merkel o‘n minglab qochqinlarni Germaniyaga kiritishni buyurib, «biz buni uddalay olamiz», deb aytgandi.
Foto: Getty Images
Germaniya muhojirlarni integratsiyalashda sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu fikrni Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel ARD davlat media kompaniyasi hujjatli filmi uchun yozib olingan jurnalist Ingo Tsamperoni bilan suhbatda bildirdi. Sobiq hukumat rahbari bilan suhbatdan parchalar 25 avgust kuni chop etildi.
«Bu (integratsiya) - jarayon. Lekin biz hozirgacha ko‘p narsaga erishdik. Va hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar davom etishi kerak», — dedi Merkel.
2015 yilning yozida o‘n minglab qochqinlar Germaniyaga «Bolqon yo‘li» orqali kirib kelgan. Germaniyaga ketayotgan muhojirlarning umumiy soni bir necha yuz ming kishiga yetdi. Merkel, o‘sha paytdagi kansler, «biz buni uddalay olamiz» (Wir schaffen das) deb e’lon qilib, aksariyati Suriyadan bo‘lgan yangi kelganlarni kiritishga ruxsat berishni buyurdi.
Mavzuga oid
21:44 / 19.12.2025
Vayronalardan tiklangan GeRMANIYa | SUBYEKTIV (1-qism)
19:08 / 19.12.2025
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
15:05 / 17.12.2025