13:49 / 02.02.2017
14865

2016 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha 13 mingdan ortiq uy-joylar qurildi

Foto: O‘zA

2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturiga muvofiq, 2016 yilda Respublika Yo‘l jamg‘armasi hisobiga 520,1 kilometr avtomobil yo‘llari qurilishi va ta'mirlanishi yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi. 

Farg‘ona vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan ishonchli trasnport aloqasini bog‘lovchi “Qamchiq dovoni”dan 19,2 kilometr uzunlikdagi yer osti yo‘li orqali o‘tuvchi yangi Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurildi. Mazkur temir yo‘lining foydalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizni barcha hududlarini qamrab oluvchi yagona to‘liq temir yo‘l tizimi yaratildi. Toshkent-Buxoro va Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» yo‘lovchi elektr poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 291,5 km uzunlikdagi Samarqand-Buxoro temir yo‘l qismini elektrlashtirish loyihasi yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boing 787-800 Dreamliner» samolyotlari bilan to‘ldirildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2016 yilda yuk tashish hajmi 5 foizga, shundan avtomobil transporti 5,3 foizga, havo transporti 8,8 foizga oshdi. 

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi Dasturiga asosan 2016 yil davomida 13435 ta uy-joy qurildi. Mahalla guzarlari, savdo majmualari, bozor, nonvoyxona, maishiy xizmat majmualari, mini banklarni hisobga olgan holda 159 ijtimoiy va iqtisodiy obektlar infrastrukturasi barpo etildi. 

Umuman olganda, joriy yilda respublikada 12413,5 ming kvadrat metr, jumladan, qishloq joylarda 9000,6 ming kvadrat metr uy-joylar, 2448,1 kilometr, xususan, qishloq joylarda 1972,4 kilometr suv ta'minoti tarmoqlari bunyod etildi.

 

Top