Jahon | 16:53 / 05.02.2017
7334
1 daqiqa o‘qiladi

IShIDning Al-Bobdagi gubernatori Turkiya aviatsiyasi hujumi natijasida o‘ldirildi

Suriyaning Al-Bob shahriga IShID tomonidan gubernator sifatida tayinlangan Abu-Xolid Urduniy Turkiya Harbiy havo kuchlari samolyotlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti harbiylar orasidagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

«IShIDning Al-Bobdagi gubernatori 3 fevral kuni berilgan havo zarbalari orqali yo‘q qilindi. Undan tashqari tashkilotning 32 nafar terrorchisi Turkiya HHK samolyotlari hujumi orqali o‘ldirilgan. Bu raqamlar terrorchilarning radioaloqalarini kuzatish orqali tasdiqlangan», — deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) muxolifat alyansi Suriyaning Raqqa shahriga hujumning yangi bosqichi boshlanganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid