Sport | 15:54 / 07.02.2017
4634
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyalik yengil atletikachi meldoniy qabul qilgani uchun 5 yilga qamalishi mumkin

Efiopiyalik yengil atletikachi Girmay Biraxun doping qabul qilgani uchun jazo tariqasida uch yildan besh yilgacha qamalishi mumkin.

Biraxun o‘tgan yilning noyabrida meldoniy moddasiga ijobiy doping namunasi topishgan bo‘lib, modda 2016 yilning 1 yanvar kunidan taqiqlangan vositalar ro‘yxatiga kirgandi. Efiopiya qonunlariga ko‘ra, sportchi 3-5 yilga qamalishi mumkin.

«Men sportchi uchun tashvishdaman va u qamalishi mumkinligidan juda ham xafaman. Uch yil kamida. U qamoqqa tushishi mumkin bo‘lgan birinchi efiopiyalik atlet bo‘ladi hamda haligacha tinmay yig‘lamoqda», - deya Efiopiya yengil atletika federatsiyasi rahbari Xayle Gebreselassiyening so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Independent nashri.

Mavzuga oid