00:16 / 07.02.2017
15537

O‘n minglab mayda baliqlar akulalardan antiqa yo‘l bilan himoyalanishlari namoyish qilindi

"Bi-bi-si" telekanali "Moviy sayyora" hujjatli filmidan lavha namoyish qildi. Bu lavhada o‘n minglab anchousdan (mayda baliq turi) iborat "baliq girdobi" shakllanishi tasvirlangan, deb xabar bermoqda Gizmodo nashri.

Ushbu antiqa holat Tinch okeanining janubiy qismida oqim o‘zgarishi vaqtida suratga olingan. Bu oqim o‘zi bilan katta miqdorda plankton (mayda organizmlar) olib keladi. Ular o‘ziga anchouslarni, anchouslar esa o‘z navbatida akula va tunetslarni (yirik yirtqich baliq) jalb qiladi.

Anchouslar yirik baliqlardan himoyalanish uchun o‘z tanalaridan ulkan aylanuvchi girdob hosil qiladilar. Bu himoyalanish strategiyasi har doim ham naf bermaydi: akulalar anchouslarning yirik to‘dasini ov qilish oson bo‘lgan mayda guruhlarga parchalab yuborishi mumkin.

Mavzuga oid
Top