Jahon | 18:35
2169
2 daqiqa o‘qiladi

Maldivda sayyoh akula hujumidan so‘ng bir oyog‘idan ayrildi

Ispaniyalik sayyoh suvda turgan vaqtida unga akula hujum qilgan va oyog‘ining tizzasidan pastki qismini uzib olgan. Borha zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, uning shikastlangan oyog‘i kesib tashlangan va qon quyilgan. Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Foto: AP

Maldivda ispaniyalik 31 yoshli Borha ismli sayyoh akula hujumidan so‘ng oyog‘idan ayrildi, deb yozmoqda Daily Mail.

Nashr xabariga ko‘ra, u to‘ydan so‘ng asal oyini o‘tkazish uchun rafiqasi Anna bilan Maldivga kelgan. Ular sayyohlar guruhi bilan suv ekskursiyasiga chiqishgan. Ekskursiya doirasida sayyohlarga okeanda cho‘milish taklif qilingan.

Borha suvda turgan vaqtida unga akula hujum qilgan va oyog‘ining tizzasidan pastki qismini uzib olgan. Borha zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, uning shikastlangan oyog‘i kesib tashlangan va qon quyilgan. Uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.

Anna sayyohlik kompaniyasini sudga bergan. Annaning fikricha, turmush o‘rtog‘i kompaniya e’tiborsizligi qurboniga aylangan.

Ekskursiya baliqni qayta ishlash zavodi yaqinida o‘tkazilgan va u yerda ko‘plab akulalar suzib yuradi. Zavod anchadan beri baliq chiqindilarini suvga tashlamagani bois och akulalar Borhaga hujum qilgani aytilmoqda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid