Jahon | 10:07 / 10.02.2017
10621
2 daqiqa o‘qiladi

OAVda Al-Bobda ro‘y bergan hodisa aybdori qaysi tomon ekani aytildi

9 fevral kuni Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari tomonidan Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida joylashgan binoni bombardimon qilishining ehtimoliy sababi aytildi. Bu haqda «Kommersant'» Rossiya harbiy boshqaruv organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, hodisa sabablaridan biri Rossiya zarba beradigan hududdan turkiyalik harbiylarning o‘z vaqtida ko‘chirilmagani bo‘lishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, koordinatalar oldinroq Rossiya va Turkiya bosh shtablari hamda aviaguruhlar tomonidan kelishib olingandi.

Amaliyotda Rossiya HKKning Su-24M va Su-34 bombardimonchi samolyotlari, shuningdek Su-25SM shturmoviklari ishtirok etgan. Ushbu samolyotlar uchuvchilari tajribali uchuvchilar bo‘lib, ular bundan avvalroq Turkiya Harbiy havo kuchlari samolyotlari bilan qo‘shma amaliyotlarda ham ishtirok etgandi.

9 fevral kuni tongida samolyotlar Xmeymim aviabazasidan havoga ko‘tarilgan, soat 08:40da Al-Bob yaqinidagi hududda nishonga bombalar tashlangan. Ro‘y bergan hodisa aviatsiyaning Lataqiyaga qaytishidan keyin ma'lum bo‘lgan.

9 fevral kunining ikkinchi yarmida Turkiya Bosh shtabi, Rossiya samolyotlari hujumi oqibatida 3 nafar turk askari halok bo‘lib, 11 nafari jarohatlanganini ma'lum qildi.

Bu ma'lumotni Rossiya Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi va bu hujum xatolik tufayli ro‘y berganini ta'kidladi. Kremldagilar hodisaga muvofiqlikda harakat qilinmagani sabab bo‘lgani haqida aytishdi.

Ushbu hodisadan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Rossiya rahbari hamdarlik bildirdi, tomonlar Suriyada IShIDga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida kelishib oldi.

Mavzuga oid