Jahon | 20:37 / 09.02.2017
26711
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Erdo‘g‘andan turk askarlari o‘limi uchun uzr so‘radi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya HKKning qasddan qilinmagan hujumi oqibatida Suriyaning Al-Bob shahri yaqinida turk askarlari halok bo‘lgani yuzasidan Rossiya prezidenti Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Ikki davlat rahbarining telefon muloqoti Kreml saytida e'lon qilingan. 

«Putin Al-Bob shahri yaqinida turkiyalik askarlar halok bo‘lgani yuzasidan hamdarlik bildirdi», deyilgan xabarda.

The Ankara Times xabariga ko‘ra esa Putin Erdo‘g‘andan xatolik tufayli turkiyalik askarlar halok bo‘lgani uchun uzr so‘ragan.

Bundan oldinroq, Al-Bob shahri yaqinida Rossiya HKK samolyoti bergan zarba oqibatida turkiyalik 3 nafar harbiy halok bo‘lib, 11 askar jarohatlangani haqida xabar qilingandi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, tomonlar hodisa yuzasidan tekshiruvlar boshlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid