Jahon | 16:34 / 16.02.2017
10801
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen Inning akasi qotilligi bo‘yicha uchinchi gumondor qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Malayziya politsiyasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi – Kim Chen Namning qotilligi bo‘yicha uchinchi gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan erkak gumonlanuvchi ayollardan birining do‘sti bo‘lishi mumkin.

Bundan avval Kim Chen Inning akasi qotilligida gumonlanayotgan ikkinchi ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi. Uning yonida Indoneziya pasporti topilgan. 

Ma'lumot uchun, Kim Chen Namga Kuala-Lumpur shahri aeroportida zaharli igna bilan qurollangan ikki ayol hujum qilgan. Uning o‘limi yuzasidan tekshiruvlar davomida esa Vetnam pasportiga ega 28 yoshli ayol ham hibsga olingan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, shimoliy koreyaliklar yetakchisining akasi Kuala-Lumpurda KXDR maxsus xizmatlari vakillari tomonidan yo‘q qilingan. 

Mavzuga oid