00:18 / 16.02.2017
6582

Tramp Isroil va Falastin birlashishini istisno qilmayapti

Foto: AFP 2017/ Brendan Smialowski

Falastinliklar Isroilga qarshi adovatdan xalos bo‘lishlari kerak, deb aytdi 15 fevralda AQSh prezidenti Donald Tramp. 

"Fikrimcha, falastinliklar ularda kuzatiladigan o‘ziga xos turdagi nafratdan xalos bo‘lishlari kerak. Biz falastinliklar hamda Isroil tomondan ham bu masalada egiluvchanlikni namoyish qilish zarurligi haqida gapira olamiz", deb aytgan Tramp Oq uyda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan birga bergan matbuot-anjumanida. 

Trampning aytishicha, falastinliklar Isroil mavjudligini tan olishlari kerak.

Trampning aytishicha, u ikki davlat va bir davlat g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda va bu ikki tomonga yoqayotgani unga ham yoqmoqda.

"Men ko‘p yillar davomida ikki davlat bo‘lishi ikki qarordan osoni bo‘ladi, deb hisoblaganman. Biroq men ikki tomonga ham to‘g‘ri keladigan qarorga xursand bo‘laman", degan Tramp.

Top