O‘zbekiston prezidentining «Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori faqat ko‘chmas savdo nuqtalariga taalluqli bo‘lib, dehqon bozorlaridagi sotuvchilar 1 martdan keyin ham terminalsiz faoliyat yuritishi mumkin. Bu haqda «Novosti Uzbekistana» nashrining Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.
«Prezident tomonidan imzolangan hujjat faqat ko‘chmas savdo nuqtalari — oziq-ovqat va buyum do‘konlari, jumladan, bozorlardagi do‘konlar, savdo shoxobchalari, bekatlardagi Paynet shoxobchalari, qahvaxonalar, sartaroshxonalar va hokazolarga taalluqlidir», degan davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarov.
U dehqon bozorlari savdo qatorlari deb yuritilishini qayd etib o‘tgan.
O‘zbekistonda 1 martdan terminalsiz savdo qilish va pulli xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi










