Şu yilning 1 martidan Özbekistondagi tadbirkorlik sub'yektlari, jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida aholidan plastik kartalar vositasida tölovlarni qabul qilişni ta'minlovçi hisob-kitob terminalini majburiy örnatmasdan faoliyatni amalga oşiriş huquqiga ega emas. Bu 15 fevral kuni imzolangan Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning PQ-2777-son «Pul muomalasini yanada takomillaştiriş va bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarorida belgilab qöyilgan.

Barça savdo şoxobçalarini terminallar bilan jihozlaş uçun ularni röyxatdan ötkaziş jadallaştirilgan tartibda – tadbirkorlik sub'yektidan buyurtma kelib tuşgan kundan boşlab 3 kundan köp bölmagan muddat içida amalga oşiriladi.

Şuningdek, savdo va xizmat körsatiş sohasida narxlarni belgilaş ustidan ham nazorat kuçaytirildi. Hisob-kitob şaklidan kelib çiqqan holda sun'iy ravişda narxlarni oşiriş yoki tuşiriş hisob-kitob terminallarini qöllaşning belgilangan tartibini buziş deb baholanadi. Bunday harakatlar EKIHning (eng kam iş haqining) 30 barobari miqdorida jarima solişga sabab böladi.

Davlat soliq qömitasiga 10 kun içida çakana savdo va xizmat körsatiş obektlarida terminallar mavjudligi, nazorat-kassa maşinalaridan foydalaniş, talon va çeklarning berilişi, naqd pul tuşumini töliq hajmda topşiriş masalalari, narxlar sun'iy oşirilmayotgani yoki tuşirilmayotgani böyiça tekşiruvlar ötkaziş vazifasi yuklangan. Şu bilan birgalikda bu şakldagi tekşiruvlar Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasining maxsus ruxsatini talab etuvçi soliq tekşiruvi hisoblanmaydi.

Markaziy bank jihozlaşni kengaytiriş va amaliy foydalaniş uçun ança qulay şart-şaroitlar yaratişni inobatga olgan holda hisob-kitob terminallarini tadbirkorlik sub'yektlariga ijaraga beriş va sotiş mexanizmini qayta körib çiqişga körsatma oldi.

Şuningdek, iste'mol talabini va tadbirkorlik su'bektlarining işlab çiqariş faoliyatini rağbatlantiriş, şuningdek naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantiriş maqsadida xalqaro amaliyotda foydalanilayotgan plastik karta orqali aholiga qisqa muddatli iste'mol kreditlarini berişning zamonaviy mexanizmlarini kengaytiriş böyiça çora-tadbirlar kompleksi işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.

Banklarga joriy va kelgusi yil istisno qilingan holatda tölov terminallari, infokiosklar, bankomatlar va boşqa uskunalar importiga tender-tanlov savdolarini ötkazmasdan şartnomalarni tuzişga ijozat berildi.