Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkiston» va «Istiqlol» san'at saroylari Toshkent shahar hokimiyati tasarrufidan chiqarildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Istiqlol» va «Turkiston» san'at saroylarini yangi tuzilgan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazishga ko‘rsatma berdi. Shu vaqtgacha bu saroylar Toshkent shahar hokimiyati ixtiyorida edi.
Bu qaror madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida qabul qilingan. Ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika byudjyetidan mablag‘ ajratilishi belgilangan.
«Istiqlol» san'at saroyi - O‘zbekistondagi asosiy konsert zali bo‘lib, 1981 yilda ochilgan. 2006 yilgacha Xalqlar do‘stligi saroyi deb nomlangan.

«Turkiston» san'at saroyi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1993 yilda ochilgan. 2ta - qishki va yozgi zallardan iborat. Qishki zal 896 kishiga mo‘ljallangan, bu yerda odatda rasmiy tadbirlar va konsertlar o‘tkaziladi. Yozgi zali 3200 nafar tashrif buyuruvchini sig‘dirish imkoniga ega. Mazkur zalda ko‘proq yoshlarbop tadbirlar, mahalliy va xorijiy san'at arboblari konsertlari bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
17:53 / 24.11.2025
Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yadi
16:00 / 20.09.2025
Qo‘rboshilarni qiynagan sovetlarning ikki quroli: Turkistonda ozodlik harakatlari qanday kechdi?
15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
11:28 / 03.02.2025