Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «PSJ» jamoasini Chempionlar ligasining favoriti deb hisoblash mumkinmi, degan savolga javob berdi. Fransiyaning «PSJ» klubi Ispaniyaning yana bir grand jamoasi «Barselona»ni turnirning 1/8 finalida 4:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
«Albatta, «PSJ» Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi mumkin. Bu jamoa ulkan salohiyatga ega va u favoritlardan hisoblanadi. Biroq, bu uzoq va mashaqqatli yo‘l, hammaga qiyin bo‘ladi. Ajoyib, lekin birgina natija Chempionlar ligasi g‘olibligini ta'minlamaydi», — deya Zidan so‘zlarini keltiradi beIN Sports.