O‘zbekiston | 12:45 / 21.02.2017
131925
1 daqiqa o‘qiladi

Adham Ikromov vazirlikka tayinlanganidan 2 oy o‘tib lavozimni tark etdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida 2 oy ichida ikkinchi marta rahbar o‘zgardi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning tasdiqlashicha, endilikda vazirlikni Alisher Shodmonov boshqaradi. U 2 oy muqaddam, 2016 yilning 13 dekabrida shu lavozimga tayinlangan Adham Ikromov o‘rnini egalladi.

Bu o‘zgarish sababi keltirilmagan.

Alisher Shodmonov (1962 yilda tug‘ilgan) — tibbiyot fanlari doktori, professor. Shu vaqtga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi edi («Adolat» partiyasi vakili). U deputatlikdan oldin Andijon tibbiyot instituti rektori bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev fevral oyi boshida O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilgandi.

Mavzuga oid