Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni soğliqni saqlaş tizimidagi muammolar va sohaning rivojlaniş istiqbollariga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Prezidentning ta'kidlaşiça, körilayotgan çora-tadbirlarga qaramay, joylarda tibbiyot sohasidagi vaziyatni özgartiriş işlari talab darajasida olib borilmayapti. Buni aholidan Xalq qabulxonalari va Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tuşayotgan köplab ariza va şikoyatlar tasdiqlab turibdi.
Birlamçi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qişloq vraçlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyati hamon qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Şifoxonalar va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlaş, jumladan, ijtimoiy dorixonalar taşkil etiş böyiça berilgan topşiriqlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi.
Tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta'minlaş, respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlarining faoliyatini takomillaştiriş böyiça sezilarli işlar közga taşlanmayapti. Soğliqni saqlaş tizimining xususiy sektorini rivojlantiriş işlariga yetarliça e'tibor berilmayapti.
Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta'minlaşning muhim omillaridan biridir. Tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilişi, sohadagi özgarişlarni odamlar sezişi kerak. Buning uçun şifokorlarning madaniyatini, ma'naviyatini, mas'uliyatini oşiriş, işga va bemorlarga munosabatini özgartiriş zarur, dedi davlatimiz rahbari.









