08:21 / 21.02.2017
11128

NASA olimlari g‘ayrioddiy hayot shakllarini aniqlashdi

Foto: PENELOPE J BOSTON/PA

NASA astrobiologiya instituti mutaxassislari ulkan kristallar ichida qolib ketgan tirik organizmlarni aniqlashdi. Bu esa boshqa sayyoralar yoki ularning yo‘ldoshlarida hayot mavjud bo‘lishiga umid uyg‘otadi, deb yozmoqda The Telegraph nashri.

Institut rahbari Penelopa Boston boshchiligidagi olimlar jamoasi Meksikaning Chiuaua shtatidagi Nayka shahri yaqinida joylashgan g‘orlardagi selenitning ulkan kristallarini tadqiq qilishdi. Ular magmatik cho‘ntak ustida joylashgan bo‘lib, bu yerda harorat Tselsiy bo‘yicha 60 gradusni tashkil qiladi. G‘orda kislorod miqdori juda past, namlik darajasi va ishqorlik juda yuqori.  

Kristallar ichida viruslar, arxeylar va bakteriyalarning 100 dan ko‘proq shtammlari aniqlangan.

Ular geolatent holatda – yashashga qobil bo‘lganlar, biroq hech qanday faollik namoyon qilmaganlar. Aytish joizki, g‘ordagi eng katta kristall vazni 55 tonna, uzunligi 11 metr va eni 4 metrni tashkil qiladi.   

Olimlar topilgan hayot shakllarini fanga ma'lum namunalar bilan taqqoslab, ular orasida farq 10 foiz ekanligi haqida xulosaga kelishdi. Selenit kristallari ichida qolib ketgan tirik organizmlar shunday holatda 60 ming yilgacha bo‘lganlar.

Mutaxassislar bakteriya, virus va arxeylar tirik qolish uchun mis oksidi, marganets, sulfidlar va temirdan foydalanganini aniqlashdi. Bu moddalarni qayta ishlash ularni energiya bilan ta'minlagan.  

Mutaxassislarning aytishicha, Saturn va Yupiterning muz oylarida, Yevropa (Yupiter yo‘ldoshi), Mars yo‘ldoshlarida hamda koinotning qolgan qismlarida bunday sharoitlar mavjud bo‘lishi mumkin. Shu sababli, u yerlarda bunday antiqa hayot shakllari mavjud bo‘lishi mumkin.  

Mavzuga oid
Top