Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan 27 fevral, duşanba kuni Istanbulda Özbekiston boş vaziri örinbosari Rustam Azimov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Turkiya rahbari saytida ham ma'lum qilingan. Xabarda uçraşuv tafsilotlari keltirilmagan.

Mahalliy naşrlarda yozilişiça, Turkiya boş vaziri örinbosari Tuğrul Turkeş, iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekçi va milliy mudofaa vaziri Fikri Işiq qatnaşgan uçraşuv 1 soat vaqt davom etgan.

Özbekiston delegatsiyasi Istanbulda özbek-turk biznes-forumida iştirok etgan, uning yakunida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan kelişuvlar imzolangan.

Anadolu agentligi ma'lumotiga köra, tomonlar qişloq xöjaligi, töqimaçilik sanoati, elektronika, kimyo sanoati, turizm va logistika sohalarini öz içiga oluvçi 10ta muhim sektorni belgilab olişgan.

Forumda çiqiş qilgan Turkiya iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekçi ötgan yilda ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi hajmi 1,2 mlrd dollarni taşkil etganini qayd etgan, şu bilan birga bu körsatkiç imkoniyatlar darajasidan past etgani ta'kidlangan. U ikki davlat örtasida 1995 yilda imzolangan investitsiyalar böyiça kelişuvni hamda erkin savdo haqidagi şartnomani qayta körib çiqişga çaqirgan.

Turkiya tomoni statistik ma'lumotiga köra, 2016 yilda Turkiyadan Özbekistonga eksport hajmi 488,5 mln dollardan 533,3 mln dollarga ösgan, Özbekistondan import hajmi esa 711,5 mln dollardan 709,2 mln dollarga pasaygan.

Rustam Azimov öz çiqişida, Özbekiston Turkiya bilan neftkimyo sohasida hamkorlik qiliş niyatida ekanini aytib ötgan. Uning sözlariga köra, Özbekistonda 2ta neftni qayta işlaş zavodi faoliyat körsatmoqda va uçinçisini quriş işlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, Özbekistondagi neftni qayta işlovçi ikki zavoddan biri Buxoroda, ikkinçisi esa Farğonada joylaşgan.

«Biz Özbekistonda oltin, kumuş va uran kabi foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaş sohasida hamkorlik qilişimiz mumkin», — deya iqtibos keltiradi Anadolu boş vazir örinbosari sözlaridan.