2017 yil 4 mart kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida katta boks kechasiga start berildi.
Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum C guruhi 3-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Kechaning asosiy qismi boshlanishiga bir soat qolganida «O‘zbekiston» sport majmuasi tomoshabinlar bilan to‘lib ulgurdi.



Ha, bu o‘sha Bektemir Meliqo‘ziyev. U birinchi prezident Islom Karimovga "men albatta olimpiada chempioni bo‘laman" deya va'da bergandi... Umid qilamizki,u Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadan oltin medalsiz qaytmaydi.

O‘zbekistonning yangilangan Uzbek Tigers jamoasi chiqib kelmoqda.

Shu kuni sport majmuasida OAV vakillari ham kam emas edi.

Xuddi maktabdagi jismoniy tarbiya darsidagi "bo‘yma-bo‘y turish" ketma-ketligi.

Siz ham e'tibor berdingizmi? Bu "SSR" yozuvi aslida jangdan oldin supervayzer tomonidan qo‘yiladigan belgi.

Hamma kutgan bong chalindi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoalarning har bir a'zosi ringda 3 daqiqadan 5 raund o‘tkazishdi. Ringga birinchi bo‘lib 56 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasidagi bokschilar ko‘tarilishdi. Uzbek Tigers jamoasi vakili Abdulhay Shorahmatov Rossiya vakili Dmitriy Sharafutdinovga qarshi jang olib bordi.
































