Qozog‘istonda prezidentning qaysi vakolatlari hukumatga topshiriladi?

Parlament deputatlari parlament palatasining qo‘shma majlisida "Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini tasdiqlashdi. News.kz shu haqida ma'lumot berdi.
Davlat rahbariga taqdim etilgan qonun loyihasi Konstitutsiyaning 19 moddasiga 26 o‘zgartirish kiritishni ko‘zda tutadi.
Qonun loyihasini taqdim etar ekan, qo‘shma komissiya raisi Nurlan Abdirov Qozog‘iston joriy konstitutsion islohotlar sari asta-sekinlik bilan, ijtimoiy munosabatlar rivojiga muvofiq harakatlanganini ta'kidladi.
Katta o‘zgarishlar bloki prezident, parlament va hukumat vakolatlarini taqsimlash masalalariga taalluqli.
Prezidentning mudofaa, tashqi siyosat, davlat boshqaruvi, Konstitutsiya himoyasi va davlat hukumat tarmoqlarining samarali faoliyati hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta'minlash vakolatlari saqlab qolingan.
Parlament qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshirishi qoidasi mustahkamlab qo‘yilgan.
Davlat rahbarining qonun tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi vakolatlarining katta qismini hukumatga o‘tkazish taklif etiladi.
Inson va fuqaroning konstitutsion huquqi va erkinligi himoyasining yangi samarali mexanizmi paydo bo‘ldi.
"Qozog‘iston Respublikasining Asosiy Qonuniga muvofiq, inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklari nafaqat tan olinadi, balki kafolatlanadi. Bunda Qozog‘iston Respublikasi prezidentining o‘zi kafil hisoblanadi.
Davlat konstitutsion huquq va erkinlikni ta'minlash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olar ekan, ularni ta'minlashning huquqiy, eng avvalo, konstitutsion mexanizmlarini o‘rnatadi.
Shunday ekan, davlat rahbari ularning himoyasini ta'minlash maqsadida Konstitutsiyaning amaldagi va qabul qilingan qonunlar, shuningdek boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiqligini tekshirish uchun Konstitutsion kengashga murojaat qilishi mumkin.
Bunday ko‘rinishdagi konstitutsion nazoratning yangi yo‘nalishi, shubhasiz, qonunlar va huquqiy hujjatlar sifatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu esa Qozog‘istonning kelgusida huquqiy davlat sifatida e'tirof etilishiga sabab bo‘ladi", - dedi Abdirov.
Tuzatishlar haqida batafsil
Birinchidan, Konstitutsiyaning 91-moddasiga kiritilgan tuzatishlar davlat mustaqilligining daxlsizligini mustahkamlaydi, shuningdek Respublika Konstitutsion Kengashining Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bo‘yicha majburiy yakuniy xulosalar bo‘lishini ta'minlaydi.
Ikkinchi. Qo‘shma komissiya raisi aytganidek, Konstitutsiyaning 49-moddasi 1-punktiga muhim aniqlik kiritish taklif etiladi. Parlament Respublikaning eng oliy vakillik organi hisoblanadi, u nafaqat qonunchilik funksiyalarini amalga oshiradi, u qonunchilik hukumatini Konstitutsiyaning 3-moddasiga muvofiq amalga oshiruvchisi hisoblanadi.
Qonunchilik hukumati - davlat hukumati tarmog‘i bo‘lib, u muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga keltiruvchi, asosiy tamoyillar va me'yorlarni o‘rnatuvchi qonunlarni ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va qabul qilish bilan shug‘ullanadi.
Uchinchi. Konstitutsiyaning hukumat a'zolarining faoliyatiga doir hisobotlarini tinglash va qonun ijrosi ta'minlanmagan taqdirda, ularni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida prezidentga murojaat qilish huquqiga doir 57-moddasi, 6-punktiga juda muhim tuzatish kiritilmoqda. Bunday hollarda prezident hukumat a'zosini egallab turgan lavozimidan ozod qiladi.
To‘rtinchi. 61-modda 2-punktining yangi tahririga ko‘ra, prezident qonun loyihalarining ustuvorlik darajasini belgilash huquqiga ega.
Beshinchi. 70-modda 1-punktiga sezilarli o‘zgartirish kiritish taklif qilinmoqda. Unga muvofiq, hukumat yangi saylangan majlis oldidagi vakolatlaridan voz kechadi.
"Bu deputatlarning mas'uliyatini oshiradi, shuningdek mamlakat saylov tizimining partiya tamoyilini mustahkamlaydi", - dedi Abdirov.
Oltinchi. 44-moddaga kiritiladigan o‘zgartirishlar davlat dasturlari va yagona moliyaviy tizimni tasdiqlash vakolatlarining prezidentdan hukumatga o‘tishini ko‘zda tutadi.
Bu vazifa davlat rahbari bilan kelishilgan holda hukumat tomonidan hal qilinadi.
Ta'kidlash joizki, o‘tgan juma kuni parlament deputatlari "QR Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini tasdiqlashgan edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

21:49 / 26.02.2025