Kecha Toshkentda ro‘y bergan navbatdagi yirik yong‘in tafsilotlari ma'lum
Kecha Toshkent shahrida navbatdagi yirik yong‘in ro‘y berdi. Hodisa Forobiy va Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasi yaqinida joylashgan tibbiy-sog‘lomlashtirish majmuasida ro‘y bergan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, qayta ta'mirda bo‘lgan binoning tom qismidagi 20 kv.m. maydon yongan.
Yong‘inni o‘chirish uchun 4ta YoO‘Elari va 2ta avtonarvon jalb qilingan. Yong‘in soat 17.01da qurshab olinib, soat 17.07da o‘chirilgan.
Ayni damda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
Xabarga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar IIB YoXB rahbariyati, YoO‘Sh boshlig‘i, navbatchi guruhi hamda tuman IIB YoXB rahbar va xodimlari chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Toshkent shahrida bir necha yirik yong‘in ro‘y bergandi. Xususan, 23 fevral kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Ts-mavzesi, Cho‘pon Ota ko‘chasi 28A-uyda joylashgan ma'muriy binoda yong‘in sodir bo‘lgan bo‘lsa, 27 fevral kunining ikkinchi yarmida Toshkent shahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - «Leto bar») yong‘in ro‘y bergan.
Mavzuga oid
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
08:10 / 04.11.2024
Toshkentda “Yashil shahar” kuni o‘tkaziladi
15:34 / 03.11.2024