Bugun, 27 fevral kunining ikkinçi yarmida Toşkent şahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - «Leto bar») yonğin röy berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda Amir Temur şohköçasi va Şahrisabz köçalari kesişmasida joylaşgan binoning yuqori qavatlaridan birida joylaşgan xonadan olov va quyuq tutun çiqayotganini köriş mumkin.
Yonğin kölami va jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yöq. Hududdagi yöllar vaqtinçalik yopilgan.
«Oloy» bozori yaqinida, YuMS binosi röparasida joylaşgan mazkur inşootdagi yonğin jiddiy bölmagan va tezda bartaraf etilgan. «Kun.uz»ning voqea joyidagi manbasi ma'lumotiga köra, yonğinni öçiriş uçun 6ta öt öçiriş maşinasi yetib kelgan.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning sentabrida ham mazkur binoda yonğin röy bergandi.
















