18:35 / 14.03.2017
17981

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti O‘zbekistonga kelmoqda

15 mart kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Tashrifdan maqsad O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat», — deyilgan TIV xabarida.

Fevral oyining birinchi yarmida YeTTBning Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha ijroiy direktori Natalya Xanjyenkova boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirgandi.

Bank yetakchi mutaxassislaridan iborat 10 kishilik delegatsiya Toshkentda 5 kun davomida bosh vazir, tashqi ishlar vaziri va boshqa vazirlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Aynan shu tashrif vaqtida YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining mart oyida O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etilgandi.

O‘zbekiston va YeTTB o‘rtasida 1992 yilda aloqa o‘rnatilgan, ammo 2003 yildan boshlab bank O‘zbekistonga kredit ajratishni kamaytirgandi. 2007 yilda esa mamlakatdagi loyihalar uchun kredit mablag‘lari ajratilishi butunlay to‘xtatildi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga qaytishi mumkin

Mavzuga oid
Top