Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Özbekiston bilan hamkorlikni tiklaş imkoniyatlarini örganib çiqmoqda. Bu haqda bankdagi manbasiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar bergan.

Agentlik manbalarining ma'lum qilişiça, 8 mart kuni YeTTB direktorlari kengaşi uşbu masalani körib çiqqan.

«Bu Özbekiston uçun yaxşi signal bölişi mumkin», — degan manbalardan biri.

Mart oyi oxirida YeTTB prezidenti Suma Çakrabarti Özbekistonga taşrif buyurişi va bu hamkorlik tiklanişidagi muhim qadamga aylanişi mumkin.

Fevral oyining birinçi yarmida YeTTBning Markaziy Osiyo va Rossiya böyiça ijroiy direktori Natalya Xanjyenkova boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrifini amalga oşirgandi.

Bank yetakçi mutaxassislaridan iborat 10 kişilik delegatsiya Toşkentda 5 kun davomida boş vazir, taşqi işlar vaziri va boşqa vazirlar bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Ma'lumot uçun, YeTTB Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi postsotsialistik ölkalarini bozor iqtisodiyotiga ötkazişda yordam beriş maqsadida 1991 yilda ta'sis etilgandi.

YeTTB bugungi kunga qadar Markaziy Osiyodagi davlatlarga 12 milliard dollardan köproq sarmoya kiritgan. 1992-2007 yillar davomida bank Özbekistonga kiritgan sarmoya miqdori 1 milliard dollardan ortiq bölgan.

Hozirgi kunda YeTTBning Özbekistondagi faoliyati umumiy hisobi 8 million dollarlik bor-yöği 5ta loyihani qöllab-quvvatlaşdan iborat bölib qolmoqda.