O‘zbekistonning yirik «sarrofi» gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi
Toshkent shahrida xorijiy valyutani noqonuniy xarid qilish va sotish amaliyoti bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi o‘tkazilgan maxsus amaliyot to‘g‘risidagi xabarlarga birmuncha oydinlik kirituvchi ma'lumotlar paydo bo‘ldi.
Foto: Toshkentda “qora bozor” sarroflariga qarshi maxsus tadbir tashkil etildi
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK Departamentining Olmazor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi 2-berk ko‘chasi, .. - uyda uyushgan guruhga birlashib, noqonuniy ravishda chet el valyutasi savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan H.A., H.A. va ularning boshqa sheriklarini jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan. H.A. va H.A.larning “Akbar” ismli jinoiy sherigi fuqaro R.M.H.ga 6,369 AQSh dollarini “qora bozor” kursida 7850 so‘mdan hisoblab, jami 50 mln so‘mga sotgan vaqtda Departamentning Olmazor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida tekshiruv e'lon qilingan.
Ma'lumot uchun aytish mumkinki, H.A.A. (06.07.1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) xalq orasidagi mish-mishlarga ko‘ra, O‘zbekiston “qora bozori”dagi eng yirik sarrof (valyuta ayirboshlovchi) hisoblanadi. U sheriklari T.J.I. va Sh.Sh.A. va boshqa noma'lum shaxslar bilan Departament xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ularning hayoti uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatishgan.
Internetda paydo bo‘lgan hujjat suratiga ko‘ra, gumonlanuvchilar tadbirda ishlatilgan 50 mln so‘m pul va o‘zlari noqonuniy ravishda sotgan 6 ming 369 AQSh dollarini bosqinchilik yo‘li bilan egallab olish maqsadida Departament xodimlarini qo‘l va va oyoqlari bilan urib, tepkilashib, xonadonda bo‘lgan turli jismlar bilan ularning bosh, ko‘krak va tanasining turli sohalariga ko‘plab tan jarohatlari yetkazishib, jinoiy faoliyat natijasida qo‘lga kiritgan juda ko‘p miqdordagi chet el va milliy valyutadagi pul mablag‘lari bilan birga voqea joyidan yashirinishgan.
Ular, tibbiy xulosaga binoan, Departamentning Olmazor tuman bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari M.R.O., Departamentning Olmazor tuman bo‘limi inspektori T.A.A., xolis guvohlar N.U.M. va M.J.Rlarga turli darajada og‘ir tan jarohatlari yetkazishgan.
Shu munosabat bilan, 15.03.2017 yilda Olmazor tuman prokurori tomonidan JKning 164-moddasi 4-qismi “v” bandi, 177-moddasi 3-qismi “b” bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yuqoridagi uch nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida ushlangan.
Kun.uz tahririyati ushbu ma'lumotlarning qanchalik to‘g‘riligini aniqlash maqsadida Toshkent shahar prokuraturasi va Respublika Bosh prokuraturasiga bir necha marotaba qo‘ng‘iroq qildi. Ammo, javob bo‘lmadi.
Tavsiya etamiz
Tarmoqlarda yangi firibgarlar: faollashayotgan tredingchilar, 2 kunga “prava” va Masdar niqobidagi moliyaviy piramida
O‘zbekiston | 18:57 / 06.01.2025
Ukrainaning Kursk oblastidagi «katta yurishi». Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 14:50 / 06.01.2025
Tadqiqot: ozish uchun qancha vaqt mashq qilish kerak?
Fan-texnika | 13:51 / 06.01.2025
«Oltin tog‘lar» va’da qilgan Tramp. Uning rejasida nimalar noto‘g‘ri?
Jahon | 11:51 / 06.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi
O‘zbekiston | 15:24
-
Germaniya g‘arbidagi otishmada ikki kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:23
-
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari uchrashdi
O‘zbekiston | 15:20
-
Aliyev Embreaer 190 «qora quti»si Moskvada ochilishiga ruxsat bermagan
Jahon | 15:20
Mavzuga oid
18:20 / 16.12.2024
Damasʼdan Kia Sonetʼgacha: “Halol Avtolizing”chilar yuzlab odamni aldagani ma’lum bo‘ldi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
14:14 / 24.10.2024