16 mart kuni Toşkent şahar IIBBda profilaktika kuni munosabati bilan matbuot brifingi bölib ötdi. Unda noqonuniy valyuta bozoridagi sarroflar (valyutafuruşlar) qölga olinganiga doir xorijiy OAV tarqatgan xabarga oydinlik kiritildi. 

Toşkent şahar IIBB vakili şahar prokuratura organlari tomonidan valyutafuruşlarga nisbatan tadbir ötkazilganini tasdiqladi, biroq, uning tafsilotlari haqida yaqin kunlarda prokuratura organlari alohida axborot berişini bildirdi. 

Tergov-suriştiruv işlari olib borilayotgani sababli boşqa ma'lumotlar taqdim etilmadi.