Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganning bir qator hududlarida Damas avtomobili harakatlanishi taqiqlandi
Namangan viloyati markazi Namangan shahrining ayrim qismlarida Damas rusumli transport vositalari harakatlanishi 25 mart kunidan boshlab har kuni soat 7:00dan soat 20:00gacha bo‘lgan oraliqda taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimi X.Bozorovning 16 mart kuni imzolangan farmoyishida keltirilgan.
"Namangan shahar hokimligi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bo‘limining Namangan shahridagi "Chorsu", "Sardoba" bozorlari, "Temir yo‘l vokzali" hududlarida, A.Navoiy, B.Mashrab, A.Temur ko‘chalarida transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yo‘l transport hodisalari oldini olish, yo‘l qoplamalari va transport to‘xtash joylarini ta'mirlash ishlarini yakunlash maqsadida mulkchilik shaklidan qat'i nazar, joriy yilning 25 martidan boshlab, har kuni ertalab soat 7:00dan soat 20:00ga qadar "Temir yo‘l vokzalidan A.Navoiy ko‘chasi orqali Chorsu bozorigacha" hamda "Temir yo‘l vokzalidan A.Temur va B. Mashrab ko‘chalari orqali Chorsu bozorigacha" maxsus avtotransport vositalaridan (101, 102, 103, 104 va 105) tashqari, "Damas" rusumli avtotransport vositalari harakatlanishini to‘xtatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin", deyilgan farmoyishda.
Farmoyishda 25 mart kunidan boshlab Namangan shahrining A.Navoiy, A.Temur va B.Mashrab ko‘chalarida muntazam ravishda qo‘shma reydlar o‘tkazilishini tashkil etish hamda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan qonunga xilof tarzda shug‘ullanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rish belgilangan.
Shuningdek, Damas harakatlanishi to‘xtatilishi ta'sirining amal qilish vaqtini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha axborot yo‘l belgilarini o‘rnatish vazifa qilingan.
Namangan shahar hokimligi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bo‘limi, viloyat Davlat soliq boshqarmasiga 2017 yilning 1 oktabriga qadar Namangan shahrida yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l kira haqi uchun naqd pulsiz haq to‘lash tizimining joriy etilishini ta'minlash vazifalari topshirildi.
Fevral oyida Qarshi shahrining O‘zbekiston ko‘chasida Damas va boshqa mikroavtobuslar harakati qisman taqiqlangandi.
Undan avvalroq Andijon shahrida ham Damas’lar faoliyati taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgan, biroq viloyat hokimligi bu ma'lumotlarni rad etib chiqqan edi.
Mavzuga oid
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025