Sönggi kunlarda Özbekiston viloyatlari ma'muriy markazlarida “Damas” rusumli avtomobillarda yölovçilarni taşişni taqiqlaş haqida qarorlar qabul qilingani haqida miş-mişlar yuribdi. Şu masalada yuborilgan murojaatlardan birida bunga oydinlik kiritib beriş söraldi.

Kun.uz uşbu masala yuzasidan Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Özbekiston Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizlik boş boşqarmasi matbuot xizmati bilan boğlandi.

Özbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligining rasmiy xatida ma'lum qilinişiça “Özbekiston Respublikasining Urganç, Buxoro, Samarqand, Qöqon, Toşkent, Guliston şaharlarida aholiga qulay şart-şaroit yaratiş ularga transport xizmatlari xavfsizligini oşiriş maqsadida “Damas” avtomobillarini bosqiçma-bosqiç qatnovdan çiqarib örniga mikroavtobus va avtobuslar harakati yölga qöyilgan”.

Qayd etilişiça, Özbekiston Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda 303ta yangi avtobus yönalişini taşkil etiş, 2912ta yangi avtobus va 5700ta mikroavtobus xarid qiliş, 37ta avtostansiya quriş, 37ta avtovokzal va avtostansiyani rekonstruksiya qiliş böyiça tarmoq jadvallari işlab çiqilib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlandi hamda ularga ijro etişga kirişildi.

Agentlik respublika aholisining avtobuslarda taşişlarga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş maqsadida 2017 yil mobaynida 86ta avtobus yönalişini oçiş rejalaştirilganini xabar qildi. Şulardan 26tasi şaharda, 44tasi şahar atrofida va 16tasi şaharlararo yönalişlardir.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi "Avtomobil transportida yölovçilar taşiş sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oşirişni tartibga soliş töğrisida"gi 303-sonli qaroriga asosan avtomobil transportida yölovçilarni şahar, şahar atrofi, şaharlararo, xalqaro yönalişlarda tijorat asosida taşiş faoliyati faqat yuridik şaxslar tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.

Özbekiston Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati bunga quyidagiça izoh berdi: “Buning sababi şundaki, uyuşmaga a'zo bölgan haydovçilar har kuni yönalişga çiqişdan oldin haydovçi tibbiy körikdan, transport vositasi esa texnik körikdan ötkaziladi. Boşqaça aytganda haydovçini ham, transport vositasining texnik xolatini ham doimiy nazorat qiliş imkoniyati tuğiladi, bu xolatlarga javobgar bölgan, uni nazorat qiladigan mas'ul şaxslar böladi, haydovçining oldiga esa bitta vazifa qöyiladi, u ham bölsa “Yöl harakati qoidalari”ga qat'iy amal qilgan holda harakatlaniş. Demakki, öz-özidan yölovçilarning xavfsizliklarini ta'minlaş kafolati ortadi”.