13:35 / 23.03.2017
3967

Politsiya Birmingemda tekshiruvlar o‘tkazib, bir necha kishini qo‘lga oldi

Britaniya politsiyasi Londondagi hujumlar bo‘yicha tekshiruvlar davomida Birmingemda bir necha kishini qo‘lga olgan. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, 3 kishi qo‘lga olingan.

23 martga o‘tar kechasi Birmingemda tekshiruv o‘tkazilgan, terrorchi avtomobilni aynan shu hududda ijaraga olgani ma'lum bo‘lgandi.

Londonda terakt. Hujum tafsilotlari (onlayn)

Daily Express gazetasi ma'lumotiga ko‘ra, qurollangan o‘nlab zobitlar Birmingem janubi-g‘arbidagi Hagli ko‘chasini to‘sib olishgan. Politsiya amaliyot vaqtida hudud aholisidan uylarni tark etmaslikni so‘ragan.

G‘arbiy Angliya grafligidagi Uest-Midlens metropoliteni politsiyasi vakilining ma'lumot berishicha, 23 mart tongiga kelib, amaliyot yakunlangan va ko‘chalar ochilgan.

London 2005 yildan buyon eng qonli terakt bilan to‘qnashdi. Asosiy tafsilotlar

Mavzuga oid
Top