O‘zbekiston | 12:50 / 24.03.2017
24948
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Mudofaa vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ostonada Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-polkovnik Saken Jasuzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbari general-polkovnik Qobul Berdiyev o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Nursulton Nazarboyev nomidagi Milliy mudofaa universitetiga tashrif buyurgan va universitetning ilmiy-texnik va moddiy bazasi bilan tanishdi. 

Bu tashrif davomida Milliy mudofaa universitet hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Undan oldinroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga tashrifi doirasida Saken Jasuzakov va Qobul Berdiyev esa ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlik bo‘yicha Kelishuvni imzolangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid