Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevning muzokaralari yakuni böyiça qator hujjatlar imzolandi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.
Xususan, davlat rahbarlari strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va Özbekiston hamda Qozoğiston örtasida yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaş böyiça Qöşma deklaratsiyani imzolaşgan.

Bundan taşqari, QR boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Mamin va uning özbekistonlik hamkasbi Oçilboy Ramatov mintaqalararo hamkorlik töğrisidagi Kelişuvni, 2017-2019 yillar uçun iqtisodiy hamkorlik Strategiyasini, ikki hissa soliq soliş oldini oliş böyiça Kelişuvga özgartirişlar kiritiş haqidagi Bayonnomani imzolaşgan.
Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ğaniyev hamda Qozoğiston investitsiyalar va rivojlaniş böyiça vaziri Jyenis Kasimbek xalqaro avtomobil qatnovi töğrisidagi Kelişuvga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Bayonnomaga imzo çekişdi.

Ikki davlat taşqi siyosat idoralari rahbarlari Abdulaziz Komilov hamda Qayrat Abdrahmanov ikki davlat taşqi işlar vazirligi örtasidagi hamkorlik Dasturiga imzo çekdilar.
Qozoğiston mudofaa vaziri Saken Jasuzakov va uning özbekistonlik hamkasbi Qobul Berdiyev esa ikki davlat örtasida harbiy hamkorlik böyiça Kelişuvni imzolaşdi.











