23:45 / 27.03.2017
9736

Fidel Kastroning singlisi hayotdan ko‘z yumdi

Kuba inqilobi tarixiy yetakchisi Fidel Kastroning singlisi Agustina Kastro Rus 78 yoshida Havanada hayotdan ko‘z yumdi. Mayamida ispan tilida chop etiluvchi El Nuevo Herald gazetasida xabar berilishicha, u yakshanba kuni son sohasining sinishi bo‘yicha amalga oshirilgan jarrohlik operatsiyasi asoratlaridan keyin vafot etgan. Bu haqida Agustinaning singlisi Xuanita Kastro ma'lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, Agustina Kastro Rus so‘nggi yillarda Altsgeymer kasalligidan aziyat chekkan. U hech qachon Kubaning siyosiy hayotiga aralashmagan va hech qanday davlat lavozimlarini egallamagan. Fidel Kastroning singlisi mashhur pianinochi Silvio Rodriges Kardenasga (2009 yilda hayotdan ko‘z yumgan) turmushga chiqqan. Juftlikning uch farzandi bor: qizi - Kubada,  o‘g‘illari esa Floridada yashaydi.  

Marhumaning o‘limi oldidagi istagiga ko‘ra, uning jasadi yoqib yuborilgan. 

Bugungi kunda Fidel Kastro oilasidan uch kishi hayot: 85 yoshli ukasi, Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Raul Kastro, 82 yoshli Enma va 83 yoshli Xuanita. Fidel Kastro va uning akasi - o‘tgan yili, singlisi Anxela - 2012 yilda ko‘z yumgan.

Top