Sport | 16:31 / 01.04.2017
14260
8 daqiqa o‘qiladi

Klassika va derbilar haftasi. Uik-endning fantastik oltita uchrashuvi haqida

Germaniyada Rur, Angliyada Liverpul derbisi, Portugaliya chempionni aniqlab beradigan yil uchrashuvi, Fransiyada ikki gigantning dastlabki sovrin uchun kurashi. Bir so‘z bilan aytganda aprelning dastlabki uik-endi ajoyib uchrashuvlarga boy o‘tishi kutilmoqda. Tribuna.Uz beshta uchrashuvga batafsil to‘xtalib o‘tadi.

«Liverpul» - «Everton» (1 aprel, 16:30, UzReport, Match! Futbol 1)
228-marta o‘tkazilayotgan derbida so‘nggi yillarda bir jamoaning yaqqol ustunligi ko‘zga tashlanmoqda. «Liverpul» so‘nggi 20ta derbining faqat bittasida «Everton»ga imkoniyatni boy bergan. 10ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. 9ta durang qayd etilgan.

Yo‘qotishlar
«Liverpul» tarkibida Jordan Henderson, Adam Lallana qa Deniyel Starrij ishtirok eta olishmaydi. Uzoq yo‘l bosib kelgan Filippe Koutino va Roberto Firminoning maydonga tushishi ham so‘roq ostida qolmoqda.
«Everton»da dahshatli jarohat olgan Sheymus Koulmendan tashqari Morgan Shnayderlin, Ramiro Funes Mori va Jyeyms Makkartilar bu uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. 

«Benfika» - «Portu» (2 aprelga o‘tar kechasi, 00:30)
Agar bundan bir-ikki oy muqaddam Portugaliya chempionatida jadvaliga e'tibor qaratganingizda «Benfika»ning chempion bo‘lishi aniqdek ko‘rinishi mumkin edi. Ammo primeyra yakuniga yetishi arafasida «Portu» fantastik davrni o‘tkazdi va endilikda ikkala jamoa o‘rtasidagi farqi 1 ochkoni tashkil qilmoqda. Lissabonda kechadigan uchrashuv shubhasiz chempion nomini aniqlab beradigan uchrashuv bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda aprelning dastlabki uik-endida Portugaliyada yil uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ikkala jamoa ham chempionatning so‘nggi turida ochko yo‘qotishdi. Bungacha bo‘lgan 4ta uchrashuvda g‘alaba qozonishgandi. YeChL 1/8 finalida musobaqa bilan xayrlashgan jamoalar oldida faqatgina chempionlik uchun kurash qolmoqda.

Fakt
Lissabonda o‘tgan so‘nggi ikki uchrashuvdan buyon «Portu» mag‘lubiyatga uchramayapti. Umuman olganda so‘nggi to‘rtta uchrashuvdan buyon «Benfika» asosiy raqibini mag‘lubiyatga uchrata olmayapti.

«Shalke 04» - «Borussiya» D (1 aprel, 18:30, Match! Futbol 3)
Derbilarga boy haftaning yana bir tarixiy qarama-qarshliklaridan biri bundesliga doirasida bo‘lib o‘tadi. Rur derbisi o‘z tarixida 150-marta o‘tkazilmoqda. Bundesliga doirasida esa bu 90-qarama-qarshilik bo‘lib tarixga kiradi.

Gelzenkirxenda kechgan so‘nggi olti uchrashuvning faqat ikkitasida «Shalke» g‘alaba qozona olgan. Umuman bu derbining eng ko‘p qayd etiladigan  natijasi durang bo‘lib kelmoqda. So‘nggi ikki uchrashuvda Dortmundda ham «Shalke» uyida ham g‘olib aniqlanmay qolgan.

Yo‘qotishlar
«Borussiya» tarkibida Marko Roys va Mario Gyottse uzoq vaqtga safdan chiqqan. «Shalke» tarkibida esa barcha kutilgan futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

«Arsenal» - «Manchester Siti» (2 aprel, 20:00, UzReport, Match TV, Match! Futbol 1)
Turning markaziy uchrashuvi bilan 30-turga yakun yasaladi. So‘nggi haftalarda muxlislarning keskin noroziligiga sabab bo‘layotgan Arsen Venger jamoasi uzoq yillik tanaffusdan keyin ilk marta YeChL yo‘llanmasidan quruq qolish xavfi ostida turibdi. Buni oldini olish uchun jamoa yana bir mavsumni bir tekisda o‘tkaza olmayotgan grandlardan biri «Manchester Siti»ni mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.

Jamoalarning Manchesterdagi birinchi davra uchrashuvida Gvardiola shogirdlari g‘alaba qozongan. Bungacha manchesterliklar barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda yetti uchrashuvda g‘alaba qozona olishmagandi. «Manchester Siti» so‘nggi marta «Emireyts» 4 yil muqaddam, 2013 yilning yanvarida g‘alaba qozongandi.

Yo‘qotishlar
«Arsenal» tarkibida darvozabon Petr Chex, hujumchi Lukas Pereslar jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Santi Kasorlaning bu mavsumda boshqa maydonga tusha olmasligi ancha oldin aniq bo‘lib ulgurgandi.
«Manchester Siti» tarkibida esa eski muammo Gabriel Jyezus va Ilkay Go‘ndo‘g‘anning jarohati bor. Pablo Sabaleta, Rahim Sterling va Kevin de Bryuynening holati yaxshi ekanini Gvardiola ta'kidlagan bo‘lsada, ularning asosiy tarkibda maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.

«PSJ» - «Monako» (1 aprel, 23:55)
Bu haftada chempionat o‘yinlaridanda markaziy uchrashuv bor. Ya'ni bu haftada Fransiya Liga kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Chempionlik uchun kurash olib borayotgan ikki jamoa Liga kubogini ham qo‘lga kiritishini aniqlab berishadi.

Ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi uch uchrashuvdan buyon «PSJ» g‘alaba qozona olmayapti. Ammo ikkala jamoaning kuboklardagi so‘nggi uch to‘qnashuviga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, uch uchrashuvda ham parijliklarning qo‘li baland kelganini ko‘rishimiz mumkin. 2008 yilda bo‘lib o‘tgan Liga kubogi uchrashuvida «PSJ» «Monako»dan kichik hisobda ustun kelgan . Bu ikki jamoaning Liga kubogidagi hozirgacha bo‘lgan yagona to‘qnashuvi hisoblanadi.

Yo‘qotishlar
«Monako» final oldidan jiddiy yo‘qotishlarga uchragan. Jamoaning asosiy hujumchisi Radamel Falkao bu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek o‘ng qanot himoyachisi Jibril Sidibe ham jarohati sabab muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Fabinoning maydonga tushishi ham so‘roq ostida qolmoqda.

Parijliklar tarkibida Markinos va Blez Matyuidining maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Shuningdek, Belgiya terma jamoasi tarkibida so‘nggi uchrashuvlarni o‘tkazib yuborgan Tomas Menening holati ham noaniq bo‘lib qolmoqda.

«Napoli» - «Yuventus» (2 aprel, 23:45, Sport, Match! Futbol 2)

Italiya chempionatining yana bir klasiko janridagi uchrashuvlaridan biri bu haftada Neapolda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. «Napoli» A seriyada «Yuventus»ni quvib yetishi deyarli imkonsiz bo‘lib qolgan, ammo YeChLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma beradigan 2-o‘rin uchun bu uchrashuvda g‘alaba qozonishi juda muhim.

Ikkala jamoaning so‘nggi uch uchrashuvidan buyon faqat «Yuventus»ning qo‘li baland kelmoqda. Neapolda bo‘lib o‘tgan so‘nggi uch uchrashuvning ikkitasida «Napoli»ning qo‘li baland kelgan. Jamoalar bu mavsumda yana bir bor uchrashadi. Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi javob uchrashuvida «Napoli» mezbonlik qiladigan uchrashuvda mezbonlar 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatni yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘radi.

Mavzuga oid