Zamonaviy tibbiyotda öz vaqtidagi diagnostika va monitoring öta muhim örin tutadi. Biroq aksariyat xastaliklar soğliq holatini doimiy kuzatib turiş uçun ança murakkab qurilmalarni talab etadi. Hayot sifatini yaxşilaş maqsadida borgan sari aqlliroq bölgan gadjyetlar işlab çiqarilmoqda. Yaqinda esa yurak işlaşi körsatkiçlarini qayd etadigan “aqlli futbolka” nusxasi taqdim etildi. Şunisi qiziqki, uni Rossiyaning Çelyabinsk şahridagi 97-litsey öquvçisi yaratdi.
EKG-futbolka ança qiziq tarzda yaratilgan bölib, unga maxsus mikroçipga ega tok ötkazuvçi mato asos qilib olingan. U yurak muşaklari qisqariş jarayonida kelib çiquvçi turli holatlarni röyxatga olib boradi. Olingan ma'lumot esa real vaqt rejimida smartfonga kelib tuşadi. Smartfonda örnatilgan ilova kelib tuşayotgan ma'lumotlarni kuzatib boradi hamda foydalanuvçiga normal holatdan biroz çetlaşiş qayd etilsa, kardiologga murojaat etişni tavsiya qiladi. Futbolkalar yaqin vaqt içida işlab çiqarilişi mumkin.














