15:05 / 06.04.2017
6829

Abdulaziz Komilov Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Tojikiston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, MDH doirasidagi munosabatlar muhokama qilindi hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Tojikiston elchisi Sodiq Imomi ishtirok etdi.

Top