O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi.
Muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya sohalari, shuningdek mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga oid umumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.
Jumladan, Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv imzolagan.
Shuningdek, birgalikda migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etish, sog‘liqni saqlash, tibbiy ta'lim va fan sohasida, turizm sohasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 50dan ortiq hujjat imzolandi
Imzolangan hujjatlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin o‘rtasida qo‘shma bayonot.
2. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha kelishuv.
3. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv.
4. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta'sis etish bo‘yicha kelishuv.
5. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash, tibbiy ta'lim va fan sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv.
6. O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Rossiyaning fuqarolik va harbiy ahamiyatga molik yuqori texnologiyali mahsulotlarni barpo qilish, ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashgan «Rostex» davlat korporatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi.








