21:00 / 05.04.2017
26244

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 50dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. 

«Oliy darajadagi muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi. Prezidentimizning tarixiy ahamiyat kasb etgan ushbu davlat tashrifi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qiladi», deyilgan O‘zA axborotida. 

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzolashdi. O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarini izchil rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo bitimlar va boshqa qator hujjatlar imzolandi. 

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin muzokaralar ochiqlik, o‘zaro ishonch va amaliy ruhda o‘tganini ta'kidladilar. Tashrif asnosida erishilgan 50dan ortiq kelishuvlar, imzolangan hujjatlar O‘zbekiston va Rossiya taraqqiyotiga, ikki mamlakat xalqlarining farovonligini yanada yuksaltirishga, davlatlarimiz o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi qayd etildi. 

O‘zbekiston va Rossiya kelishuvlari

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin: Yakuniy bayonot 

Top