Angliyadagi Saut-Shilds shahridagi shifoxona vafot etganlarning tana a'zolarini ularning yaqinlari ruxsatisiz olgan va "belgilangan muddatdan ko‘proq" vaqt saqlagan. Bu haqda Belfast Telegraph nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, inson to‘qimalari namunalari 2015 yil mart oyidagi tekshiruv davomida topilgan. O‘shanda bu to‘qimalar "belgilangan muddatdan ko‘proq" saqlangani aniqlangan. Jumladan, Sara Simpson ismli ayol uning otasi 1995 yilda vafot etgani, uning oilasi otasi jasadini krematsiya qilgani va marhumning jasadiga tegilmagan deb hisoblab kelinganini ma'lum qildi. Biroq shifoxona ayolning otasi tana a'zolarini qarindoshlari roziligisiz olgan va 22 yil davomida saqlagan.

Ayni vaqtda politsiya topilgan namunalarni identifikatsiya qilish uchun tergov olib bormoqda. Buning uchun politsiyaning maxsus xodimlari tana a'zolari donorlari bo‘lishi mumkin bo‘lganlarning oilalari bilan shaxsan uchrashmoqdalar.