Sport | 18:17 / 10.04.2017
4500
2 daqiqa o‘qiladi

Ilyumjinovning FIDE prezidenti lavozimidagi vakolatlari cheklanmaydi

Kirsan Ilyumjinov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti lavozimini vakolat cheklovlarisiz o‘zida saqlab qoldi. Bu haqda TASS FIDE prezidenti yordamchisi Berik Balgabayevga asosan xabar berdi.

Bunday qaror dushanba kuni FIDE prezidentlik kengashining Afina shahridagi navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.

Avvalroq OAV Ilyumjinov o‘z lavozimini qator vakolatlari cheklangan holda saqlab qolgani xabar haqida qilgandi. Ularda u muhim qarorlarni mustaqil ravishda qabul qila olmasligi va shartnomalarni imzolay olmasligi xabar qilingan. Biroq, tashkilot nizomiga ko‘ra, FIDE prezidenti ayni damda shundoq ham qiymati 100 ming yevrodan ortiq bo‘lgan shartnomalarni imzolay olmaydi.

"Kirsan Ilyumjinov hech qanday cheklovlarsiz FIDE prezidenti bo‘lib qoladi", - deya xabar berdi Balgabayev.

Avvalroq Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov o‘ziga tashkilotdagi moliyaviy, yuridik va ish vakolatlarini qaytargani haqida xabar bergandik

Mavzuga oid