Jahon | 09:02 / 11.04.2017
10576
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Amerikaning yirik kompaniyalaridan yordam so‘ramoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning eng yirik 20 kompaniyasi bosh menejyerlari bilan uchrashadi. U infratuzilmalarni qayta qurish dasturini amalga oshirishda ularning yordamiga umid qilmoqda, deb xabar qilgan Reuters.

Xususan, davlat rahbari ma'muriyatidagi manbaning aytishicha, Amerika prezidenti General Motors, International Business Machines (IBM) va Wal-Mart Stores kabi kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashadi.

Trampning infratuzilmalarni qayta qurish rejasini amalga oshirish uchun Trampning hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 trln dollar kerak bo‘ladi. Dastur ko‘priklarni ta'mirlash, elektr tarmoqlari ishini yaxshilash, aeroportlarni takomillashtirish va internetni tarqatish kabilardan iborat. 

Mavzuga oid