18:51 / 13.04.2017
8864

Levandovski qachon safga qaytishi ma'lum bo‘ldi

«Bavariya» rahbariyati hujumchi Robert Levandovskining «Real«ga qarshi YeChL chorak final javob uchrashuvida maydonga tushishiga umid qilishmoqda. Bu haqda Tribuna.Uz yozmoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, polshalik futbolchi ikki kun davomida yakka tartibda mashg‘ulotlar olib boradi va shundan so‘ng umumiy guruhga qo‘shiladi. Bu Levandovskining madridliklar bilan javob uchrashuvida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Levandovski bundesliganing 28-turidan o‘rin olgan «Borussiya» Dortmundga qarshi uchrashuvda (4:1) yelkasidan jarohat olgan  va YeChL dastlabki uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi.

Top