Jahon | 14:07 / 14.04.2017
4690
2 daqiqa o‘qiladi

Moldova YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oldi

Foto: AFP

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy kengashi Moldovaga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini berish haqidagi qarorni ma'qulladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev oliy kengashning kengaytirilgan doiradagi yig‘ilishida ma'lum qilgan.

Yig‘ilishda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston - Nursulton Nazarboyev, Armaniston - Serj Sargsyan, Qirg‘iziston - Almazbek Atamboyevlar bo‘lgan. Unda shuningdek Moldova prezidenti Igor Dodon ham ishtirok etmoqda. Avvalroq Dodon Qirg‘iziston raisligiga Moldovaga YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini berish borasida iltimos bilan murojaat qilgandi.

"Biz Moldovaning kuzatuvchi-davlat maqomini olish borasidagi murojaatini tor doirada ko‘rib chiqdik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi Moldova respublikasiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi-davlat maqomini berish haqida qaror qabul qildi", - deya aytib o‘tgan Atamboyev.

Ma'lumot uchun, ayni damda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a'zodir.

Mavzuga oid