Jahon | 19:26 / 14.04.2017
5695
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev YeOII davlatlarini bir-birini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev YeOII davlatlarini bir-birini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi, bu inqirozdan tezroq chiqishga yordam beradi. U bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, inqiroz doimiy emas, hamda pasayishdan so‘ng har doim o‘sish ro‘y beradi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, YeOII davlatlarining aksariyatida aynan iqtisodiy o‘sish kuzatilgan. 2017 yilning ikki oyi yakuniga ko‘ra esa YeOII tashqi savdo hajmi 37 foizga o‘sdi.

«Biz yanada ko‘proq ishlash kerakligini ko‘rsatmoqdamiz. Agarda barcha to‘siqlarni olib tashlasak, yil oxiriga qadar o‘sishni ushlab turishimiz mumkin bo‘ladi. Uni mustahkamlash kerak. Biz to‘siqlarni yo‘qotishimiz kerak. Buning uchun Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan birinchi navbatdagi choralar qabul qilindi, to‘siqlar ro‘yxati ishlab chiqildi. Endilikda yo‘l xaritasini ishlab chiqish, mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish uchun yangi iqtisodiy kelishuvlar bilan ta'minlash, Eron, Singapur va xohishi bo‘lgan boshqa davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim», - deya ta'kidlab o‘tdi Nursulton Nazarboyev.

Mavzuga oid