Putin Bishkekda nimalar haqida gapirdi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy kengashi kengaytirilgan yig‘ilishida YeOII ishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar va hamkasblari bilan hamkorlik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya Qozog‘iston bilan fazoviy sohada faolroq hamkorlik qiladi. Bu “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromidan uzoq muddat davomida foydalanish, birgalikda raketa-kosmik texnikasini ishlab chiqish va parvozga chiqarishni nazarda tutadi.
«Nursulton Abishevichni shundan xabardor etmoqchimanki, biz fazoviy sohadagi hamkorligimizni “Boyqo‘ng‘ir”dan foydalangan holda kengaytirishni davom ettirishga qaror qildik. Barcha rejalarimiz muvofiqlashtiriladi. Gap “Vostochnyy” kosmodromini siz bilan bizda bor bo‘lgan loyihalar bo‘yicha yanada faolroq foydalanish haqida ketmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi RF prezidenti.
Rossiya yetakchisining fikricha, YeOII davlatlari iqtisodiy operatorlar uchun umumiy va hajmkor bozorni tashkil etishda natijalarga erishishgan.
«YeOII tashqi kon'yukturaga qaramay o‘ziga xos «xavfsizlik yostiqchasi» sifatida ishladi. Milliy iqtisodiyotlar moslashdi. Eksport-import amaliyotlari tuzilmasi ancha oshdi va yaxshilandi, xomashyo olib chiqib ketish va mashinalar hamda mahsulotlar eksporti o‘sdi», - degan Vladimir Putin.
Shuningdek, Putin Qirg‘izistonda yengil va tekstil sanoatini tiklash uchun sharoitlar yaratilganini ta'kidlab o‘tgan. Shu bilan birga, u kapitali 4 mlrd. dollar bo‘lgan Yevroosiyo taraqqiyot banki o‘rnini yuqori baholadi.
“Bank va Yevroosiyo iqtisodiyotni barqarorlashtirish jamg‘armasi sarmoyaviy tashabbuslarni amalga oshirishda katta o‘ringa ega. So‘nggi misol – Qirg‘iziston bilan yaqinda imzolangan 110 million dollarlik kelishuv”, - degan Putin.
Rossiya prezidentining fikricha, bojxona sohasiga tegishli axborot xizmatlarini ko‘rsatish farqida muammolar bor hamda tovarlar harakatlanishini elektron tizim orqali kuzatishni tashkil etish kerak.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024